2 Noyabr 2024, 11:50 •Sport
Babayan “Lokomotiv” klubida ish boshlashi mumkin
“Navbahor” futbol klubining sobiq bosh murabbiyi “Lokomotiv” jamoasiga rahbarlik qilishi mumkin.

O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Navbahor”, “Paxtakor” klublarining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan “Lokomotiv” klubida ish boshlashi mumkin. Bu haqda “Championat.asia” sayti ma’lumot berdi.
“Samvel Babayan yana futbolga qaytmoqda. Bizga maʼlum bo‘lishicha, Babayan yangi mavsumdan Toshkentning “Lokomotiv” klubida ish boshlaydi. Lekin, hozircha u bosh murabbiy bo‘ladimi yoki boshqa lavozimni egallaydimi bunisi nomaʼlum”, deyiladi sayt xabarida.
Ma’lumot uchun, Samvel Babayanning oxirgi ish joyi Namanganning “Navbahor” klubi bo‘lgan. Murabbiy Namanganda 2022-yil boshidan 2024-yil iyul oyiga qadar faoliyat olib bordi. Bu davr ichida Babayan 89 ta o‘yinda ishlab 50 ta g‘alaba, 23 ta durang va 16 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qurʼa tashlandi O‘zbekistonlik 18 yoshli futbolchi faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi Futbol bo‘yicha 2030 va 2034-yilgi jahon chempionati qayerda bo‘lib o‘tishi e’lon qilindiadi OʻzPFL futbolchilarga minimum maosh miqdorini belgiladi FIFA Abbosbek Fayzullayevni e’tirof etdi
Soʻnggi yangiliklar

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida erkin savdo va sanoat zonalari tashkil etilishi mumkin
16 Aprel 2025, 16:03
“Andijon turmasi” shahar chekkasiga ko‘chiriladi
16 Aprel 2025, 14:27
Buxoroda 10 yoshli qiz maktab yaqinidagi quduqqa tushib ketib, vafot etdi
16 Aprel 2025, 14:09
OpenAI X uslubidagi ijtimoiy tarmoqni ishlab chiqishni boshladi
16 Aprel 2025, 13:38
“Tolibon” Afgʻonistonning besh yillik rivojlanish rejasini belgilab oldi
16 Aprel 2025, 12:28
Oʻzbekistonda oltin narxi yana rekordni yangiladi
16 Aprel 2025, 12:10
Samarqandda avtobus va tramvayda kira narxlari oshdi
16 Aprel 2025, 12:08
Toshkentning bir tumani qisman issiq suvsiz qoldi — manzillar
16 Aprel 2025, 11:44