Abduqodir Husanov qishdayoq “Manchester Siti” safiga o‘tishi mumkin
Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning yanvar oyidagi trasferlar oynasidagi eng asosiy maqsadlaridan biriga aylandi.

O‘zbekiston milliy jamoasi hamda “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning yanvar oyidagi trasferlar oynasidagi eng asosiy maqsadlari qatoriga qo‘shildi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
20 yoshli futbolchi ushbu mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda va hozirda bir necha APL klublari, jumladan “Lester”, “Nyukasl”, “Chelsi”, “Vest Hem” nazariga tushgan. O‘zbekistonlik futbolchi o‘z pozitsiyasida eng iqtidorli futbolchilardan biri sifatida qaralmoqda.
O‘z navbatida “Lans” klubi futbolchini 30 million yevrolik taklif tushgan taqdirdagina sotishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Muxlislar e’tirofiga ko‘ra, futbolchi Liga 1 ning birinchi davrasi ramziy jamoasiga kiritildi. Transfermarkt portali futbolchining transfer bahosini 12 million yevroga baholagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Abduqodir Husanov O‘zbekiston tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi Abduqodir Husanovga “Gelik”ni kim sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi Husayn Norchayev Portugaliya klubiga o‘tishi mumkin Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning asosiy ustunligini aytdi Husanovning “Man Siti”dagi maoshi maʻlum boʻldi
Soʻnggi yangiliklar







