Abbosbek Fayzullayev yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
O‘FAning yil yakunlariga bag‘ishlangan kongressida o‘zbek futbolidagi “Yilning eng yaxshi”lari aniqlandi.

14-dekabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot kongressi o‘tkazildi. Tadbir davomida 2024-yilgi futbol mavsumining eng yaxshilari taqdirlandi.
Unga ko‘ra, SSKA va O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev “Yilning eng yaxshi futbolchisi” deb topildi. Mazkur nominatsiyada milliy terma jamoa darvozaboni O‘tkir Yusupov va “Lans” klubi va milliy jamoa himoyachisi Abduqodir Husanovlar bor edi.
“Yilning eng yaxshi futzalchisi” soviriniga futzal bo‘yicha milliy terma jamoa yetakchisi Husniddin Nishonov egalik qildi.
O‘zbekiston chempionati va kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Nodir Eliboyev “Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi” bo‘ldi.
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi yetakchisi Diyora Habibullayeva — “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” deb topildi.
“Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” nomiga “So‘g‘diyona” klubi futbolchisi Muhammadyusuf Sobirov loyiq ko‘rildi.
Shuningdek, ilk marotaba Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston U-23 Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze “Yilning eng yaxshi murabbiyi” bo‘ldi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2031 yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazishi mumkin Bahodir Qurbonov OʻFA prezidenti etib saylandi Futzal bo‘yicha O‘zbekiston MTJ yangi bosh murabbiy tayinlandi O‘FA 4 klubga qarzlarini yopish uchun muddat belgiladi Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Soʻnggi yangiliklar







