7 Sentabr 2024, 09:31 Sport

15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o‘yinlari kumush medaliga ega chiqdi

Para yengil atletikachi Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o‘yinlari kumush medaliga ega chiqdi

Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslari davom etmoqda.

Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F46 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi.

Ushbu yo‘nalishda Shahina Yigitaliyeva 43.12 metr natija bilan delegatsiya hisobiga navbatdagi kumush medalni taqdim etdi.

Qayd etish lozimki, Shahina Yigitaliyeva O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidagi eng yosh sportchi hisoblanadi. Iste’dodli para atlet 2008-yil 16-oktyabrda tavallud topgan.

Ushbu yo‘nalishda qatnashgan yana bir o‘zbekistonlik sportchi Roziya Ergasheva 35.98 metr natija bilan 9-o‘rinni egalladi.

Mashhur yangiliklar