17-yanvar kuni Jiddadagi shahzoda Abdulla al-Faysal nomidagi stadionda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi chorak final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyga qarshi bahs olib bordi. O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi, shuningdek, 15 daqiqalik ikkita qo‘shimcha bo‘lim ham durang bilan yakunlandi.

Yakunda o‘yin penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi, unda o‘zbekistonliklar dastlabki ikki zarbani golga aylantirib, keyingi ikki zarbani golga aylantira olmadi. Xitoyliklar dastlabki uchta golni urishdi, to‘rtinchisidan foydalana olishmadi va beshinchi aniq zarbasi bilan g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Xitoy terma jamoasi Kubok yarim finaliga yo‘l oldi, O‘zbekiston esa chempionatni tark etdi.

O‘yin arafasida O‘zbekiston terma jamoasi to‘laqonli mashg‘ulot o‘tkazdi, uning natijalariga ko‘ra, bosh murabbiy Ravshan Haydarov Xitoyga qarshi bo‘lajak o‘yinni “belgilangan maqsadlar yo‘lidagi eng muhimi” deb atadi. Futbolchilar optimistik kayfiyatda bo‘lib, o‘zbekistonlik muxlislarni g‘alaba bilan xursand qilishni kutishgandi.

Avvalroq O‘zbekiston U23 Osiyo kubogi guruh bosqichi so‘nggi o‘yinida Janubiy Koreyani mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar berilgandi.