Sport

Toshkentda tennis bo‘yicha xalqaro turnir g‘olibi aniqlandi

Hal qiluvchi bahsda belaruslik Darya Xomutyanskaya va rossiyalik Darya Yegorova o‘zaro kuch sinashdi.

20-26 oktyabr kunlari Toshkentdagi tennis markazi kortlarida ayollar o‘rtasida ITF World Tennis Tour W15 Tashkent xalqaro turniri yakunlandi.

Chempionlik uchun kechgan hal qiluvchi bahsda belaruslik Darya Xomutyanskaya va rossiyalik Darya Yegorova o‘zaro raqobatlashdi. Finalda Xomutyanskaya 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi va Toshkent kortida o‘zining birinchi chempionligini qo‘lga kiritdi. ITF W15 Tashkent turniri xalqaro taqvimdagi muhim voqeaga aylandi va 17 dan ortiq mamlakatdan sportchilarni jamladi.

Juftlik bahslarida belaruslik Darya Xomutyanskaya va Kseniya Yersh g‘alaba qozondi, ular finalda qozog‘istonlik Asiljan Aristanbekova va Ingkar Dussembayni 6:3, 2:6, [10-8) hisobida mag‘lub etishdi.

Musobaqa yosh tennischilarga ITF reytingidagi o‘rinlarini mustahkamlash, tomoshabinlarga esa Toshkent kortlarida yuqori darajadagi o‘yin va sport mahoratini ko‘rish imkonini berdi, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda stol tennisi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Chempionat yuzlab professional sportchilarni birlashtiradi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная