Toshkentda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, chempionat erkaklar va ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. 22-yanvarga qadar davom etadigan musobaqada mamlakatning barcha hududlaridan 278 nafar sportchi ishtirok etadi.
Saralash janglari 15-19 yanvar kunlari, yarim final va final bahslari esa 21-22 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa “Olimpiya shaharchasi”da bo‘lib o‘tmoqda.
Avvalroq boks bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar birinchi o‘rinni egallagani haqida xabar berilgandi. Terma jamoa 13 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

























