“Oson o‘yin bo‘lmaydi” — Qatar darvozaboni O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida
Meshal Barsham bo‘lajak o‘yindan nimalar kutayotganini aytib o‘tdi.

Qatar terma jamoasi darvozaboni Meshaal Barsham O‘zbekiston bilan bo‘lajak o‘yindan nimalarni kutayotgani haqida gapirib, milliy terma jamoa hurmatga loyiq jamoa ekanini ta’kidladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, JCH-2026 saralash bosqichi 3-bosqich 10-turi doirasida Toshkentda O‘zbekiston o‘z maydonida Qatarga qarshi bahs olib boradi. Tadbir oldidan Qatar futbol terma jamoasi a’zosi bo‘lajak o‘yindan kutayotgan umidlari bilan o‘rtoqlashdi va ushbu o‘yin turnir jadvali uchun kichik ahamiyatga ega bo‘lishiga qaramay, jamoa g‘alaba qozonish niyatida kelganini ta’kidladi.
“Oson o‘yin bo‘lmaydi. O‘zbekiston — hurmatga loyiq jamoa. Ular jahon chempionatiga yo‘l olishdi va bu, shubhasiz, butun mamlakat uchun bayram”, — dedi Meshal Barsham.
Shuningdek, darvozabon jamoaning vazifasi hali yakunlanmaganini, chunki oldinda o‘yinchilarni pley-off kutib turganini ta’kidladi. Ammo hozircha terma jamoaning bor e’tibori bo‘lajak jangga qaratilgan, chunki Toshkentdagi g‘alaba futbolchilarga hal qiluvchi o‘yinlar oldidan yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi.
Avvalroq O‘zbekiston—Qatar futbol o‘yini tomoshabinlari xavfsizlik qoidalari haqida ogohlantirilgani haqida xabar berilgandi. Muxlislar chiptada ko‘rsatilgan sektorga qat’iy rioya qilishlari kerak.
Izohlar