Sport

Oksana Chusovitina 50 yoshini navbatdagi medal bilan nishonladi

Gimnastikachi Toshkentda bo‘lib o‘tgan World Challenge Cup musobaqasida ishtirok etdi.

Oksana Chusovitina 50 yoshini navbatdagi medal bilan nishonladi

Oksana Chusovitina Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi Oksana Chusovitina 21-iyun kuni Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bir kun avval, 20-iyun kuni afsonaviy gimnastikachi 50 yoshga to‘ldi, bu esa navbatdagi medalni alohida ahamiyatga ega qiladi.

Turnirda 14 mamlakatdan 60 ga yaqin sportchi ishtirok etmoqda, musobaqalar davom etmoqda, O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi:

  • oltin: Abdulaziz Mirvaliyev (erkin mashqlar), Ahrorxon Temirxonov (halqalar);
  • kumush: Oksana Chusovitina (tayanch sakrash), Ravshan Komiljonov (otda mashqlar), Humoyun Islomov (erkin mashqlar);
  • bronza: Shohinabonu Yusufova (tayanch sakrash).

Avvalroq MOQ Oksana Chusovitinaning yubileyi munosabati bilan sportchining asosiy unvonlari va yutuqlarini sanab o‘tgandi.

Izohlar

Mavzuga oid