Sport

O‘zbekistonlik taekvondochilar Ar-Riyoddagi musobaqada ikkita medalni qo‘lga kiritdi

Kumush va bronza medallariga Najmiddin Qosimxo‘jayev va Jahongir Xudoyberdiyev sazovor bo‘ldi.

Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi taekvondo bo‘yicha kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Saudiya Arabistoni poytaxtida Islom birdamligi o‘yinlarining navbatdagi kuni yakunlandi. Ushbu kun doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi bittadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritdi. Mukofotlar egalari quyida:

  • kumush: Najmiddin Qosimxo‘jayev (taekvondo, -74 kg);
  • bronza: Jahongir Xudoyberdiyev (taekvondo, -54 kg).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionatida yana ikkita medalni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, atletlar kumush va bronza medallarini ham olib kelgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная