Sport

O‘zbekistonlik tadbirkor futbol terma jamoasi darvozaboniga xonadon sovg‘a qildi

Tadbirkor Xurshid To‘rayev futbolchi O‘tkir Yusupov sovg‘ani istalgan vaqtda olib ketishi mumkinligini aytdi.

O‘zbekistonlik tadbirkor futbol terma jamoasi darvozaboniga xonadon sovg‘a qildi

Tadbirkor Xurshid To‘rayev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupovga Toshkent markazidan uch xonali uy sovg‘a qildi.

Tadbirkor BAA bilan o‘yinning eng yaxshi futbolchisiga jamoaning Jahon chempionatiga tarixiy chiqishi uchun minnatdorchilik bildirdi. To‘rayev o‘z qarori haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. U ta’mirlangan va mebel bilan jihozlangan kvartirani futbolchi o‘ziga qulay vaqtda olishi mumkinligini aytdi.

“Chin yurakdan, TXT kompaniyasidan va mendan Toshkent markazidan terma jamoa darvozaboniga ta’mirlangan, mebel va texnika bilan jihozlangan uch xonali kvartira sovg‘a qilindi. Istalgan vaqtda kelib olib ketishi mumkin”, — dedi biznesmen.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tarixda ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Terma jamoa BAA bilan durang o‘ynadi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatiga yo‘l olgani bilan tabriklagani haqida xabar berilgandi. Davlat rahbari ushbu tarixiy g‘alaba O‘zbekiston xalqini ezgu maqsadlar yo‘lida yanada jipslashtirishiga ishonch bildirdi.

Izohlar

Mavzuga oid