O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi
Rigina Adashboyeva va Madina Fayzullayeva faxriy mukofotlar g‘oliblari bo‘ldi.

Oʻzbekiston ogʻir atletika terma jamoasi vakillari Xitoyda uchta medalni qoʻlga kiritdi, deb xabar qildi MOQ matbuot xizmati.
Xitoyda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonning ikki vakili uchta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Rigina Adashboyeva siltab ko‘tarishda 104 kg natija bilan bronza, shuningdek, ikkita jami 224 kg natija bilan yana bir bronza medalini qo‘lga kiritdi. Madina Fayzullaeva siltab ko‘tarishda 121 kilogramm tosh ko‘tarib, kuchli uchlikdan joy oldi.
Eslatib o’tamiz, o’zbekistonlik sportchi Xusinboy Matrasulov Osiyo chempionatida bronza medalini qo’lga kiritgan edi . Sportchi umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Izohlar