O‘zbekiston grossmeysterlari Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov 2025 yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan shaxmatchilar o‘nligiga kirdi.

Nodirbek Abdusattorov sovrinli o‘rinlar reytingida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi, u 16 ta yirik xalqaro turnirda qatnashib, 361,8 ming dollar ishlab oldi. O‘zbekistonlik grossmeysterning bir turnir uchun eng katta gonorari 85 ming dollarni tashkil etdi.

O‘ninchi o‘rinda Javohir Sindarov joylashdi. U 2025-yilda 11 ta xalqaro musobaqada ishtirok etib, 349,9 ming dollar ishlab topdi. Uning bir musobaqa uchun eng katta mukofoti 120 ming dollarga yetdi.

Sovrinlar miqdori bo‘yicha jahon reytingida norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen yetakchilik qildi. U 16 ta turnirda qatnashib, mukofot pulidan olgan daromadi 1 million dollardan oshgan yagona shaxmatchiga aylandi – 1,46 million dollar.