O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovga kutilmagan xaridor paydo bo‘ldi
“Roma” futbolchining shartnomasi 2026-yilning yozigacha amal qilishiga qaramay, u bilan xayrlashishga tayyor.

Turkiyaning “Istanbul Basaksehir” klubi o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning vakillari bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar berdi jurnalist Yagiz Sabuncho‘g‘li.
O‘zbekistonlik hujumchi kelasi mavsum, ya’ni 2025–2026-yillarda Turkiya Superligasida to‘p suradi. Turkiyaning 4 ta grand klubi — “Galatasaroy”, “Fenerbahche”, “Beshiktosh” va “Trabzonspor” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun bir necha yulduzlarga transfer taklifini yuborgan. Ammo Istanbul Basaksehir futbolchi uchun kurashda g‘alaba qozongani aytilmoqda.
“Roma” 29 yoshli futbolchi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozigacha davom etishiga qaramay, u bilan xayrlashishga tayyor. Shomurodov o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 5 ta golga hammualliflik qilgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 4 mln yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchilari uchligidan joy oldi. O‘zbekistonlik himoyachi «Real Sosedad»da to‘p surayotgan yaponiyalik vinger Takefus Kuboni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Izohlar