O‘zbekistonlik hakamlar U-17 Osiyo Kubogi saralash o‘yinini boshqaradi
Bosh hakam Rustam Choriyev bo‘ladi, chiziq bo‘ylab hakam esa Baxtiyorxo‘ja Shavkatov bo‘ladi.

30-noyabr kuni U-17 Osiyo kubogi saralashidan o‘rin olgan o‘yinni o‘zbekistonlik hakamlar boshqarib boradi, deya xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.
2026-yilgi U-17 Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘llanma beruvchi saralash bosqichi doirasida Singapur va Gonkong terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Ushbu muhim uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Rustam Choriyev, laynsmen Baxtiyorxo‘ja Shavkatov.
Mavzuga doir: O‘zbekiston terma jamoasi U-17 Osiyo kubogi finalida 9 kishi bo‘lib g‘alabani ilib ketdi. O‘yin 2025-yil aprel oyida bo‘lib o‘tdi. Ikki o‘yinchi qizil kartochka oldi, ammo jamoa g‘alabagacha o‘ynashga qaror qildi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun bu 2012 yildan buyon Osiyo chempionatidagi ilk g‘alaba bo‘ldi.
Izohlar