O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Toshkentga qachon qaytishi ma’lum bo‘ldi
Qatar terma jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng sportchilarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6-iyun kuni Toshkentga yetib keladi, deya xabar qildi O‘FA matbuot xizmati.
Sportchilar o‘tirgan samolyot soat 16:30 da Toshkent aeroportining 3-terminaliga qo‘nadi. 10 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi saralash bosqichining so‘nggi turida Qatar terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Aynan ushbu o‘yindan so‘ng terma jamoa a’zolarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning so‘zlariga ko‘ra, prezident qarori bilan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokchilariga BYD avtomobillari sovg‘a qilinadi, tantanali marosimga minglab yurtdoshlarimiz tashrif buyurishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tarixda ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Terma jamoa BAA bilan durang o‘ynadi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatiga yo‘l olgani bilan tabriklagani haqida xabar berilgandi. Davlat rahbari ushbu tarixiy g‘alaba O‘zbekiston xalqini ezgu maqsadlar yo‘lida yanada jipslashtirishiga ishonch bildirdi.
Izohlar