O‘zbekiston terma jamoasi Al Ain International Cup chempioni bo‘ldi — video
Milliy jamoa Eronni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.

Al Ain International Cup xalqaro turniri finalida O‘zbekiston terma jamoasi Eron terma jamoasini mag‘lub etdi.
Asosiy vaqt 69-daqiqada Husanov chetlatilganiga qaramay, 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston murabbiylar shtabi bir nechta o‘zgarishlarni amalga oshirdi: 64-daqiqada Jamshid Iskanderov va Hojimat Erkinov, keyinroq Akmal Mozgovoy va Rustam Ashurmatov maydonga tushdi.
G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Eron beshta zarbadan uchtasini kiritgan bo‘lsa, o‘zbekistonliklar to‘rtta urinishni amalga oshirib, yakuniy g‘alabani rasmiylashtirdi — 4:3. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi turnir chempioniga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH futbol bo‘yicha jahon chempionatiga o‘zbekistonlik muxlislarni kiritmasligi mumkin. Uchrashuv uchun sotib olingan chipta viza sifatida ko‘rib chiqilmaydi va viza protseduralarining o‘zi soddalashtirilmaydi.
Izohlar