Sport

O‘zbekiston qo‘l jangi bo‘yicha jahon kubogida birinchi o‘rinni egalladi

Musobaqada dunyoning 20 davlatidan 400 ga yaqin sportchi ishtirok etdi.

O‘zbekistonlik sportchilar qo‘l jangi bo‘yicha Jahon kubogida 27 ta medalni qo‘lga kiritib, birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda Qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir 4-8 oktyabr kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan. Qayd etilishicha, musobaqada dunyoning 20 ta davlatidan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Ishtirokchilar “O‘z-o‘zini himoya qilish” va “Jang san’ati” nominatsiyalari bo‘yicha chempionlik uchun kurash olib borishdi. Natijada o‘zbekistonlik sportchilar 8 ta oltin, 9 ta kumush va 10 ta bronza, jami 27 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shu tariqa, terma jamoamiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Qozog‘iston joy oldi, uning vakillari 6 ta oltin, 5 ta kumush va 14 ta bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Kuchli uchlikni Tojikiston yakunladi, uning vakillari bitta oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. G‘oliblar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Avvalroq dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 6 ta medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan edi. Milliy terma jamoa yoshlar o‘rtasidagi shaxsiy musobaqalarda ishtirok etdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная