O‘zbekiston FIFA reytingidagi o‘rnini yo‘qotdi
Respublika Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchi bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston futbol milliy terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) reytingida bir pog‘ona pastga tushdi, tashkilotning ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, terma jamoa 1452,34 ball to‘plab, Kamerunga imkoniyatni boy berib, 55-o‘rindan joy olgan. Shu bilan birga, terma jamoa Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari jamoalari orasida hamon yetakchilik qilmoqda. Jahon miqyosida mamlakat terma jamoasi Afrika, Irlandiya va BAA terma jamoalarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo mamlakatlari quyidagicha joylashdi:
- Tojikiston — 102-o‘rin;
- Qirg‘iziston — 105-o‘rin;
- Qozog‘iston — 115-o‘rin;
- Turkmaniston — 142-o‘rin.
Qayd etilishicha, assotsiatsiya reytingi 210 ta terma jamoadan iborat bo‘lib, Ispaniya, Argentina va Fransiya yetakchilik qilmoqda. Reytingni San-Marino jamoasi yakunlamoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda FIFA U-20 jahon chempionati bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston va Ozarbayjon asosiy jahon chempionatidan keyin FIFAning terma jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi muhim musobaqasi hisoblangan yoshlar mundialini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Izohlar