Sport

O‘zbekiston 2026-yilgi JCHga chiqish final bosqichi ishtirokchilarini tasdiqladi

Sportchilar saralash bosqichi doirasida BAA va Qatar terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekiston 2026-yilgi JCHga chiqish final bosqichi ishtirokchilarini tasdiqladi

O‘zbekiston 2026-yilgi Jahon chempionati final bosqichi uchun terma jamoa tarkibini tasdiqladi, deb xabar bermoqda OFK matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, 28-may kuni bosh murabbiy Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi va uni BAAda davom ettiradi. 5 iyun kuni BAA terma jamoasiga qarshi safarda, 10 iyun kuni esa Qatar terma jamoasiga qarshi Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘yin o‘tkazadi.

Shuningdek, tashkilot ikkala o‘yin uchun ishtirokchilar ro‘yxatini e’lon qildi:

Darvozabonlar:

  • Yusupov;
  • Ne’matov;
  • Ergashev.

Himoyachilar:

  • Ashurmatov;
  • Abdullayev;
  • Husanov;
  • Eshmurodov;
  • To‘xtaxo‘jayev;
  • Aliqulov;
  • Alijonov;
  • Nasrullayev;
  • Sayfiyev.

Yarim himoyachilar:

  • Hamrobekov;
  • Fayzullayev;
  • Iskanderov;
  • Masharipov;
  • O‘runov;
  • Shukurov;
  • Bo‘riyev;
  • Mozgovoy;
  • Jiyanov;
  • Erkinov;
  • Turg‘unboyev.
  • Hujumchilar:
  • Shomurodov;
  • Sergeyev.

Avvalroq O‘zbekiston futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘llanma olish imkoniyatini oshirgani haqida xabar berilgandi. Terma jamoa durang o‘ynashi yoki BAAni mag‘lub etishi kerak.

Izohlar

Mavzuga oid