O‘FA O‘zbekiston terma jamoasi yangi murabbiyining maoshi haqidagi ma’lumotga izoh berdi
Tashkilotning birinchi vitse-prezidenti aytishicha, Fabio Kannavaro mavjud imkoniyatlar doirasida mos kelgan.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov futbol bo‘yicha milliy terma jamoaning yangi rahbari Fabio Kannavaroning maoshi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
OAV Kannavaro murabbiylar shtabining maoshini moliyalashtirish uchun yiliga 3,5−4 mln yevro ajratish rejalashtirilayotgani haqida yozgan edi. Italiya terma jamoasi safidagi 52 yoshli mutaxassis dastlab Yevropa klublari yoki terma jamoalaridan taklif bo‘lishini kutgan va darhol O‘zbekistonda ishlashga rozilik bermagan. Kannavaroga Qozog‘iston terma jamoasi ham qiziqish bildirgan.
Hozir matbuotda oylik haqida ko‘p gaplar paydo bo‘ldi: kimdir 4 million yozadi, kimdir boshqa summalarni. Aslida bu yarmining yarmi ham emas. Agar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida shunday moliyaviy imkoniyatlar bo‘lganida, biz umuman boshqacha yo‘l tutgan bo‘lardik. Lekin biz real resurslarimizdan kelib chiqib, eng maqbul variantni tanladik, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “etika” nuqtai nazaridan ikkala tomon ham shartnoma tafsilotlarini oshkor qilmaslikka kelishib olgan.
Izohlar