Sport

Muhiddin Madaminov shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston terma jamoasi Peruda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar tezkor shaxmat va blits bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda mamlakat shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, musobaqa Peruda bo‘lib o‘tgan. Tadbirda 19 mamlakatdan 89 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Rapid yo‘nalishida Muhammadzohid Suyarov oltin, Muhiddin Madaminov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu yo‘nalishda o‘tkazilgan blits bahslarida Muhiddin Madaminov g‘alaba qozongan bo‘lsa, Muhammadzohid Suyarov bronza, Humoyun Bekmurodov to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasida Afro‘za Hamdamova rapid yo‘nalishida, Umida Omonova esa blits yo‘nalishida kumush medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada, terma jamoa chempionat yakunlariga ko‘ra uchta medal va ikkita faxriy o‘rinni qo‘lga kiritdi:

  • Muhiddin Madaminov — 12 ochko, oltin medal;
  • Muhammadzohid Suyarov — 10 ochko, bronza medali;
  • Umida Omonova — 9,5 ochko, kumush medal;
  • Humoyun Bekmurodov — 9 ochko, 4-o‘rin;
  • Madinabonu Xalilova — 8 ochko, 6-o‘rin.

Avvalroq Toshkentda shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi. G‘oliblik uchun Hindiston, Eron va Pokiston kabi davlatlar sportchilari kurash olib boradi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная