Messi futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchiga aylandi
Krishtianu Ronaldu esa atigi to‘rtinchi pog‘onani egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi talqiniga ko‘ra, futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, argentinalik futbolchi braziliyalik Pele, shuningdek, Diego Maradonani ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan. Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu reytingning to‘rtinchi pog‘onasidan joy olishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan o‘yinchilar quyidagicha joylashdi:
- Lionel Messi (Argentina);
- Pele (Braziliya);
- Diyego Maradona (Argentina);
- Krishtianu Ronaldu (Portugaliya);
- Yoxan Kroyff (Niderlandiya);
- Ronaldo (Braziliya);
- Zinedin Zidan (Fransiya);
- Frans Bekkenbauer (Germaniya);
- Alfredo Di Stefano (Argentina/Ispaniya);
- Ronaldino (Braziliya).
Xalqaro federatsiya talqiniga ko‘ra, futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon Lev Yashin bo‘ldi.
Avvalroq o‘zbekistonlik hakamlar 2027 yilgi jahon chempionati o‘yinlarini boshqarishi haqida xabar berilgandi. O‘yinni 6 nafar hakam kuzatib boradi.
Izohlar