Sport

JCH-2026 qur’asi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

AQSH prezidenti Donald Tramp bo‘lajak mundialni sport tarixidagi eng yirik va murakkab musobaqa deb atadi.

AQSH prezidenti Donald Tramp 5-dekabr kuni Vashingtondagi Kennedi nomidagi San’at markazida 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazilishini e’lon qildi.

Oq uy rahbari 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati sport tarixidagi eng yirik va murakkab musobaqa bo‘lishini, Kennedi markazi esa uning “fenomenal starti” bo‘lishini aytdi. Qur’a tashlash sanasini e’lon qilish marosimida FIFA prezidenti Janni Infantino ham ishtirok etdi.

Mundial 2026-yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Bo‘lajak JCH-2026 nafaqat ko‘lami, balki unda ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma olgan O‘zbekistonning ishtiroki bilan ham ajralib turadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная