Ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov Rene Kalisto bilan kuch sinashadi
Jang Qirg‘iziston poytaxtida bo‘lib o‘tadi.

Boks bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatovning yangi raqibi meksikalik bokschi Rene Kalisto bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bokschilar 25-26 oktyabr kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tadigan turnir doirasida jang qiladi. Qayd etilishicha, Hasanboy Do‘smatov shu paytga qadar professional boksda o‘tkazgan 7 ta jangining birortasida ham mag‘lubiyatga uchramagan. Uning raqibi Rene Kalisto hisobida esa 23 g‘alaba, bir mag‘lubiyat va bir durang bor.
Eslatib o‘tamiz, boks 2028-yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin oladi. Olimpiya boksini Xalqaro boks federatsiyasi (World Boxing) rivojlantiradi, shuningdek, uning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlaydi.
Avvalroq, Navbahor Hamidova Ostonada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi. Sportchi ushbu nufuzli musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi.
Izohlar