Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Uchrashuv 2026-yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida bo‘lib o‘tadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi, deya xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv 13 oktyabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tadi. O‘yin milliy terma jamoaning 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarligining bir qismi bo‘ladi.
AQSH va Kanadada O‘zbekiston milliy terma jamoasining muxlislar klubi paydo bo‘ldi. Uning vazifalari xorijdagi vatandoshlarni birlashtirish va mamlakatning sport imijini targ‘ib qilishdan iborat bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va AQSH prezidentlari suhbatida Donald Tramp respublika milliy terma jamoasiga 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida omad tilagan edi.
Izohlar