Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin
Jamoa jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin, deya xabar bermoqda “Championat Asia”.
O‘zbekiston terma jamoasi bo‘lajak turnirga puxta tayyorgarlik ko‘rish niyatida. Tayyorgarlik doirasida dunyoning eng kuchli terma jamoalariga qarshi bir qator o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Argentina bilan uchrashuv 20–28-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yin Argentina hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izohlar