Sport

“Formula-1” bosqichlaridan biri O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin

Toshkent mintaqaviy avtosport markaziga aylanishni maqsad qilgan.

O‘zbekiston “Formula-1” jahon chempionati bosqichi uchun asosiy maydonlardan biriga aylanishi mumkin, deb xabar bermoqda “Dunyo” britaniyalik sport jurnalisti Jo Sovardga tayanib.

Jurnalist Singapur Gran-prisi doirasida ba’zi Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston vakillari “Formula-1” bosqichlarini o‘z mamlakatlarida o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qilgani va Toshkent mintaqaviy avtosport markaziga aylanishga intilayotganini aytdi.

Jo Sovard hozirda Tailand, Janubiy Koreya va O‘zbekistonda ehtimoliy poygalar haqida mish-mishlar tarqalayotgani, uning fikricha, bu mamlakatlarda avtosportga qiziqish ortib borayotganini aks ettirishini aytib, Toshkent xalqaro musobaqalarni mamlakatni modernizatsiya qilish va jahon sahnasida ilgari surish strategiyasining bir qismi sifatida ko‘rayotganini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, mamlakat hukumati avtosport sohasida ham sezilarli qiziqish ko‘rsatib, 2025-yil dekabr oyida Toshkent shahrida FIA Bosh assambleyasini o‘tkazishni moliyalashtirishni o‘z zimmasiga oldi. Shuningdek, britaniyalik jurnalist “Formula-1”ga bo‘lgan qiziqish mamlakatning sport infratuzilmasini rivojlantirish va xalqaro imijni mustahkamlash yo‘liga mos kelishini ta’kidladi.

Avvalroq O‘zbekistonda ralli bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi. Toshkent shahar hokimligi musobaqa natijalarini e’lon qilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная