Sport

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keldi

Mehmon CAFA Nations Cup musobaqasining final uchrashuvini stadionda kuzatadi.

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining taklifiga binoan Janni Infantino O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni muhokama qilish, Milliy futbol markazi bilan yaqindan tanishish, shuningdek, CAFA Nations Cup musobaqasining final o‘yinini stadionda kuzatish maqsadida yurtimizga tashrif buyurdi.

FIFA delegatsiyasini Toshkent xalqaro aeroportida sport vaziri Adham Ikromov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va mutasaddilar kutib oldi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная