Fabio Kannavaro rasman O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi
Italiyalik mutaxassisning murabbiylar shtabida kimlar bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.

Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi, deya xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.
O‘FA jahon chempionatlarining uch karra ishtirokchisi, 2006-yilgi jahon chempioni, yaqin o‘tmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri va taniqli mutaxassis Fabio Kannavaro bilan shartnoma imzoladi. Kannavaro jamoani 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorlaydi.
Kannavaroning murabbiylar shtabiga quyidagilar kiradi:
- Eujenio Albarella — yordamchi murabbiy (Yaponiya terma jamoasi, “Yuventus”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb” klublarida ishlagan);
- Franchesko Troise — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy (“Benevento”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da ishlagan);
- Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoshlar terma jamoasida, “Sampdoriya” va “SPAL” klublarida ishlagan).
Izohlar