Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqaradi
“Oltin to‘p” sohibi yaqin kunlarda rasmiy hujjatlarni imzolaydi.

Fabio Kannavaro og‘zaki kelishuvga erishdi va JCH-2026 uchun O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘lishga tayyor, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va italiyalik murabbiy o‘rtasida barcha shartlar allaqachon kelishib olingan, rasmiy hujjatlar yaqin 24-48 soat ichida imzolanishi kutilmoqda.
Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi va 2006-yilgi “Oltin to‘p” sohibi “Guanchjou”, Xitoy, “Udineze” va Zagrebning “Dinamo” klublarini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston FIFA kunlari doirasida Kuvaytga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Xorijlik sportchilar ikki kun davomida mashg‘ulot o‘tkazadi, shundan so‘ng terma jamoa bilan maydonda uchrashadi.
Izohlar