Sport

Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasida to‘rt million yevrogacha maosh olishi mumkin

Kannavaro shtabiga S Seriyaning Pro Verchelli” klubidan iste’foga chiqqan akasi Paolo ham qo‘shilishi mumkin.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi mumkin bo‘lgan italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaroning maoshi murabbiylar shtabi xarajatlari bilan birga taxminan 4 million yevroni tashkil etadi, deb yozadi “Sport-Ekspress”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kannavaro Italiya yoki Yevropaning boshqa davlatidan taklif kutgan, shuning uchun ishga darhol rozi bo‘lmagan. 2006-yilgi jahon chempioniga Qozog‘iston terma jamoasi ham qiziqish bildirgan.

Yakunda Kannavaro O‘zbekiston federatsiyasi shartlarini qabul qilib, bir yillik shartnoma imzoladi. Milliy jamoa JCH-2026da muvaffaqiyatli ishtirok etsa, Fabio Yevropaga qaytishni yoki O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirishni kutmoqda. Kannavaro shtabiga 2024-yil noyabr oyida S Seriyaning «Pro Verchelli» klubidan iste’foga chiqqan akasi Paolo ham qo‘shilishi mumkin.

O‘z navbatida, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham 52 yoshli mutaxassis bilan muzokaralar olib borilganini tasdiqladi. O‘FA barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli ishlarni boshladi. Xususan, jahon chempionatlarida ishtirok etgan xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni terma jamoaga jalb etish ishlari davom ettirilmoqda.

O‘FA rahbariyati jahon chempioni va 2006 yilning eng yaxshi futbolchisi, italiyalik mashhur mutaxassis Fabio Kannavaro bilan muzokaralar olib bormoqda, — deyiladi xabarda.

Muzokaralar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar O‘FA sahifalarida e’lon qilinadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная