Eldor Shomurodov Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubiga o‘tdi
29 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2025/26-yilgi mavsum yakuniga qadar ijara asosida tuzilgan.

Futbolchi Eldor Shomurodov Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
29 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2025/26 yilgi mavsum yakuniga qadar ijara asosida tuzilgan. Kelishuvda sotib olish imkoniyati ko‘zda tutilgan.
2021-yilda futbolchini “Roma” sotib oldi, ammo u rimliklar safida mustahkam o‘rnashib ololmadi. Keyinchalik u mavsumlarni ijara asosida o‘tkazdi: 2022/23 — “Spetsiya”da (15 o‘yin, 1 gol), 2023/24 — “Kalyari”da (22 o‘yin, 1 gol). Shomurodov “Roma” safida 68 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov 2025-yilning fevral oyida Italiyaning “Roma” klubining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Ovoz berish jarayoni klub saytida o‘tkazildi. Shomurodov 40 foiz ovoz to‘plab, eng yaxshi bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Paulo Dibala (29%) va Anxelino (27%).
Izohlar