Bokschi Bahodir Jalolov xalqaro ringda yana g‘alaba qozondi
O‘zbekistonlik sportchining hisobida hali ham mag‘lubiyat yo‘q.

Professional boksning og‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov xalqaro ringda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Xalqaro boks assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Sankt-Peterburgda rossiyalik Vitaliy Kuduxovga qarshi jang bo‘lib o‘tdi. Jalolov ochkolar hisobiga ko‘ra raqibidan ustun keldi. Jang sakkiz raundga mo‘ljallangan bo‘lib, hakamlarning yakdil qarori bilan o‘zbekistonlikning g‘alabasi bilan yakunlandi. Bahodir Jalolov uchun bu g‘alaba professional faoliyatidagi o‘n oltinchisi bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli o‘zbekistonlik bokschida hali birorta ham mag‘lubiyat yo‘q. Shu bilan birga, Vitaliy Kuduxov to‘rtinchi marta ringni mag‘lubiyat bilan tark etdi.
Izohlar