Sport

Artur Guliyev eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekistonga ikkinchi oltin medalni keltirdi

Finalda sportchi ajoyib natija ko‘rsatdi.

O‘zbekistonlik sportchi Artur Guliyev baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Jahon birinchiligi Italiyada bo‘lib o‘tdi. 200 metrga yugurish bo‘yicha final bahsida hamyurtimiz 38,63 soniya natija ko‘rsatdi.

Shu tariqa, Guliyev faoliyatida ikkinchi marta jahon chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Artur Guliyev O‘zbekistonga 13 yil ichida eshkak eshish bo‘yicha ilk jahon chempionati oltin medalini keltirgandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная