2026-yilda Las-Vegasda tarixdagi ilk “Steroid o‘yinlari” bo‘lib o‘tadi
Ishtirokchilar doping qo‘llash bo‘yicha jahon rekordlarini yangilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2026-yilda Las-Vegasda tarixda ilk bor “Steroid o‘yinlari” bo‘lib o‘tadi, unda sportchilar musobaqa davomida doping qabul qilishlari mumkin bo‘ladi, deb yozadi RIA Novosti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yinlar Olimpiadaga o‘ziga xos muqobil bo‘ladi. Ayni paytda e’lon qilingan dasturlar orasida 50 va 100 metrga erkin usulda va batterflyay usulida suzish, 100 va 110 metrga to‘siqlar osha yugurish, shuningdek, og‘ir atletika ham bor.
Musobaqaning har bir turi g‘oliblari 250 ming dollardan, ba’zi masofalarda allaqachon mavjud bo‘lgan jahon rekordini yangilaganlar esa million dollar miqdorida bonus olishlari mumkin. Qayd etilishicha, tadbir e’lon qilinishi davomida tashkilotchilar tomonidan musobaqalar o‘tkazilib, unda ishtirokchilar bir nechta jahon rekordlarini yangilashga muvaffaq bo‘lishdi.
Avvalroq Parij Olimpiadasi sovrindorlari nosozlik tufayli medallarni qaytarib bera boshlagani haqida xabar berilgandi. XOQ barcha mukofotlar almashtirilishiga ishontirdi.
Izohlar