Shou-biznes

Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani aniqlandi

San’atkor o‘z qo‘shiqlarida muallifning ruxsatisiz she’rlardan foydalangan va jarimaga tortilgan.

Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani aniqlandi

O‘zbekistonda shoir Shohrux Abduvohidovning arizasiga ko‘ra xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani uchun 3 million so‘m jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi intellektual mulkni himoya qilish departamenti matbuot xizmati.

Abdusamiy taxallusi bilan mashhur shoir Shohrux Abduvohidov xonanda “Dildora”, “Qizg‘onaman”, “So‘nggi nafasgacha”, “So‘g‘indim yomon” qo‘shiqlari uchun shoirning she’rlaridan ruxsatisiz va gonorar to‘lamasdan foydalanganini aytdi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan 177-moddaning 1-qismi (Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish) bilan ma’muriy bayonnoma tuzildi. Ish sudga yuborilib, xonanda 3 million so‘m jarimaga tortildi. Avvalroq xonanda xuddi shu maqola uchun javobgarlikka tortilgan va 1 million 800 ming so‘m jarimaga tortilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda sayyohlik agentligi mualliflik huquqini buzgan holda qo‘lga olingan edi . Sud kompaniyani katta miqdorda tovon to’lashga majbur qildi.

Izohlar

Mavzuga oid