Yil boshidan buyon O‘zbekiston 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi
Eksport hajmi qariyb bir yarim million tonnani tashkil etdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil boshidan buyon O‘zbekiston xorijga 1,2 milliard dollardan ortiq qiymatga ega 1,4 million tonnadan ortiq meva-sabzavot eksport qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida mamlakatdan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,3 foizga oshgan. Pul ko‘rinishida hajm 27,6 foizga yoki 273,8 mln dollarga oshdi.
Qayd etilishicha, umumiy hajmda eksport 5,5 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, eksport qilinadigan eng mashhur mevalar mayiz, olcha va o‘rik, sabzavotlardan esa piyoz, karam va pomidor bo‘ldi.
Avvalroq prezident elchixonalar va bosh konsulxonalarni eksportni ko‘paytirishda faolroq yordam berishga chaqirgani xabar qilingandi. 2025-yilda meva-sabzavot eksportining 80 foizi atigi 5 ta davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Izohlar