Uzoq dam olish kunlari davomida qaysi banklar ishlaydi?
Joylarda bankomatlar orqali valyuta ayirboshlash yo‘lga qo‘yiladi.

Markaziy bank O‘zbekistonda Konstitutsiya kuni munosabati bilan dam olish va bayram kunlari bo‘limlari ishlaydigan tijorat banklari ro‘yxatini taqdim etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 25 ta bank filialida valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari ochiladi. Ro‘yxatga quyidagilar kiritildi:
- «Agrobank»;
- Аpexbank;
- Asia Alliance bank;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Ipoteka bank;
- O‘zbekiston Milliy banki;
- Tenge bank;
- «Trastbank»;
- Hamkorbank;
- Anor bank;
- «Asakabank»;
- Garant bank;
- Hayot bank;
- InfinBank;
- Saderat bank;
- «Universalbank»;
- Turonbank;
- SQB;
- Kapitalbank;
- Orient Finans bank;
- Mikrokreditbank;
- Ipak Yo‘li Bank;
- «Poytaxt bank»;
- Aloqabank;
- Xalq banki;
Shuningdek, valyuta ayirboshlash 24/7 rejimida ishlovchi bankomatlar va tijorat banklarining mobil ilovalari orqali amalga oshiriladi.
Avvalroq Konstitutsiya kuni munosabati bilan o‘zbekistonliklar uch kun dam olishi haqida xabar berilgandi: 6 dekabr (besh kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun), shuningdek, 7 va 8-dekabr kunlari.
Izohlar