Pul

Sun’iy yo‘ldosh aloqasi operatorlariga soliq imtiyozlari beriladi

Rasmiylar imtiyozlarni bir necha yilga mo‘ljallagan.

O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh aloqasi operatorlari uchun besh yil muddatga soliq imtiyozlari joriy etiladi, deb xabar bermoqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hokimiyat bunday amaliyotni mamlakatdagi markaziy yer stansiyasi orqali o‘rta va past orbitali sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini yaratish bilan bog‘liq loyihalar uchun joriy etadi. Xususan, operatorlarning sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatadigan xizmatlari QQSdan ozod qilinadi.

Bundan tashqari, yer usti markaziy stansiyalari, terminallar va sun’iy yo‘ldosh aloqasi infratuzilmasining boshqa faol qurilmalari joylashgan telekommunikatsiya inshootlari va ularning yer uchastkalari ham mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod qilinadi. Shuningdek, sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari yaratilgan sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatilgan xizmatlar uchun foyda solig‘idan ozod qilinadi.

Avvalroq O‘zbekistonda chekka hududlar uchun yuqori tezlikdagi internet ishga tushirilishi haqida xabar berilgan edi. Rasmiylar internet operatorlarini bir qator soliqlardan ozod qilishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная