O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb ikki milliard dollarga ko‘paydi
Shu bilan birga, valyuta zaxiralari 8,2 mlrd dollarni tashkil etdi.

2025-yilning noyabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1,9 milliard dollarga oshdi, deyiladi Markaziy bank hisobotida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu muddatga kelib ular 59,3 mlrd dollarni, dekabr oyi boshiga ko‘ra esa 61,2 mlrd so‘mni tashkil etgan. Qayd etilishicha, bu statistika yuritilishi davomidagi rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.
Bundan tashqari, regulyator oltinning fizik hajmi 12,2 million troya unsiyasini, qiymati esa 50,8 milliard dollarni tashkil etganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, valyuta zaxiralari 8,2 mlrd dollarni tashkil etdi.
Avvalroq Farg‘onada bir yarim milliard dollarlik qimmatbaho buyumlarni noqonuniy olib kirishga urinishgani haqida xabar berilgan edi. Bir kilogrammdan ortiq oltin buyumlarni bojxona nazoratisiz olib o‘tishga urinishgan.
Izohlar