O‘zbekistonliklar ko‘proq nimani sug‘urta qilmoqda — statistika
Xizmatlar hajmi uchdan bir qismdan ko‘proqqa oshdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston fuqarolari 10 trillion so‘mlik sug‘urta xizmatlaridan foydalangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 trln so‘mga yoki 35 foizga oshgan. Sug‘urta xizmatlari hajmida baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish, avtotransport vositalari va boshqa transport turlarini sug‘urta qilish, yuklar va mol-mulkni sug‘urta qilish va boshqalar eng katta ulushni egallaydi. Ularning ulushi 81,5% ni tashkil etdi.
2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida qayta sug‘urtalash xizmatlari 14,2 foizni, hayotni sug‘urtalash xizmatlari ulushi esa 4,3 foizni tashkil etdi.
Avvalroq o‘zbekistonliklar o‘z soliqlarini qayerga sarflayotganini bilishi haqida xabar berilgandi. Rasmiylar JSHDS, mol-mulk va yer solig‘i xarajatlari bo‘yicha onlayn hisobotni ishga tushiradi.
Izohlar