Pul

O‘zbekistonda tovarlar va xizmatlar narxi oshdi — statistika

Statistika qo‘mitasi qaysi mahsulot eng ko‘p qimmatlashganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda sentyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,6 foizga oshdi, deya xabar bermoqda Statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.

Mutaxassislar 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida 190 mingga yaqin narxlarni tekshirdi. Kuzatuvda 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 90 turdagi xizmatlar narxlari qamrab olindi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,9 foizga oshdi. Nooziq-ovqat mahsulotlari 0,3 foizga, aholiga pullik xizmatlar 0,3 foizga qimmatlashdi.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari orasida narxlarning oshishi inflyatsiyaga eng katta ta’sir ko‘rsatdi:

  • pomidor (16,9%);
  • bulg‘or qalampiri (10,4%);
  • sabzi (7,7%);
  • tuxum (6,5%);
  • tarvuz (5,6%);
  • qovun (5,5%);
  • suyaksiz mol go‘shti (1,8%);
  • suyakli mol go‘shti (1,7%);
  • qo‘y go‘shti (1,5%);
  • parranda go‘shti (tovuq sonidan tashqari) (1,2%);
  • tovuq sonlari va oyoqlari (1,1%);
  • o‘simlik moylari (0,6%);
  • shakar (0,7%).

Nooziq-ovqat tovarlari orasida benzin (1,4%), sement (2,9%), qimmatbaho metallardan yasalgan nikoh uzuklari (2,9%) qimmatlashdi. Xizmat ko‘rsatish sohasida — muzeylarga tashrif (8,7 foiz) va haydovchilarni tayyorlash kurslari (5,0 foiz) ushbu sohada inflyatsiya o‘sishining asosiy omillari bo‘ldi. Yillik INI 108% ni tashkil etdi, bu 2024-yilga nisbatan 2,5% ga kam (110,5%).

Eslatib o‘tamiz, yaroqlilik muddati tugayotgan mahsulotlar arzonroq narxlarda sotiladi. Bunday mahsulotlarni yangi mahsulotlar bilan yonma-yon qo‘yish mumkin emas.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная