O‘zbekistonda savdolarda Trump kriptovalyutasi paydo bo‘ldi
AQSH prezidentining mem-koini 1 tanga uchun 188 ming so‘mga teng.

O‘zbekistonning UzNEX birjasida AQSH prezidentining kriptovalyutasi — Trump mem-koini paydo bo‘lgani haqida tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, depozitlarning ochilishi 2025-yil 22-may kuni soat 6:00 da amalga oshirilgan, savdolar boshlanishi va natijalarning e’lon qilinishi ertalab soat 8:00 dan boshlangan. Ta’kidlanishicha, 1 dona tanga 188 ming so‘mni tashkil etadi.
Ishtirokchilarga kripto-aktivlarning yuqori o‘zgaruvchanligi va bozor xatarlari mavjudligi eslatildi hamda barcha investisiya qarorlarini investor o‘zi, chuqur tahlil va tushunishdan so‘ng qabul qilishi va ular uchun shaxsan javobgar bo‘lishi haqida ogohlantirish berildi.
Ilgari Tramp armiya uchun rekord darajadagi byudjet so‘ramoqchi ekani ma’lum qilingandi. Prezident o‘z qarorini global tahdidlarning kuchayishi bilan izohlagan.
Izohlar