O‘zbekistonda qaysi mahsulotlar narxi tushib ketdi? — statistika
Mamlakatda oylik inflyatsiya yarim foizdan kamroqni tashkil etdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning avgust oyida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 0,4 foizni tashkil etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari 0,6 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,3 foizga qimmatlashgan. Pulli xizmatlar narxi 0,3 foizga oshdi. Mahsulotlar kesimida narxlar oshdi:
- tarvuz — 28,7%;
- qovun — 11,7%;
- karam — 11,4%;
- kartoshka — 3,5%;
- banan — 2,8%;
- tuxum — 2,7%;
- tovuq sonlari va boldiri — 2,1%;
- boshqa uy parrandalari go‘shti — 1,9%;
- paxta moyi — 1,6%;
- qo‘y go‘shti — 1,4%;
- suyaksiz mol go‘shti — 0,7%;
- suyakli mol go‘shti — 0,2%;
- shakar — 0,1%.
Qaysi mahsulotlar arzonlashdi:
- pomidor — 16,8%;
- uzum — 5,4%;
- baqlajon — 4,3%;
- bodring — 3,1%;
- sabzi — 3,1%;
- bulg‘or qalampiri — 2,8%;
- piyoz — 2,3%;
- olma — 1%;
- lapsha — 0,4%;
- karamel — 0,2%;
- tariq — 0,2%;
- oliy navli undan tayyorlangan non — 0,2%;
- guruch va sechka — 0,1%.
Avvalroq sifatsiz tovarlarni aniqlagan o‘zbekistonliklar mukofotlanishi haqida xabar berilgandi. Xavfli mahsulotlardan jabrlanganlarga yetkazilgan zarar qoplanadi.
Izohlar