Pul

O‘zbekistonda OTMlarda kontrakt to‘lash muddati belgilandi

Davlat komissiyasi tasdiqlangan muddatlarni uzaytirish huquqini saqlab qoladi.

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovlari muddatlariga aniqlik kiritildi, deb xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, abituriyentlar OTMlarda kontrakt summasining kamida 25 foizini 15-sentyabrgacha, yuqori kurs talabalari esa 1-oktyabrgacha yoki ta’lim muassasasi rektori tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashi mumkin. Shartnomaning kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki rektor tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lanishi kerak.

Qayd etilishicha, davlat komissiyasi ko‘rsatilgan to‘lov muddatlarini uzaytirish huquqiga ega bo‘lib, shartnoma asosida kelib tushadigan mablag‘lar istiqbolli yosh o‘qituvchilar va ilmiy kadrlarning xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tashi va malaka oshirishi uchun yo‘naltirilishi mumkin.

Bundan tashqari, talabalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash doirasida oliy ta’lim muassasalariga bir nafar talabaga yiliga EKIHning 6 baravarigacha (7,62 mln so‘m) miqdorda moddiy yordam ko‘rsatish huquqi beriladi.

Avvalroq, kam ta’minlangan oilalarga mansub talabalarga OTM va kollejlarda kontrakt pulining 50 foizigacha to‘lab berilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, davlat tomonidan A, B, D va DE toifalaridagi haydovchilik kurslarini o‘tash uchun imtiyozlar ajratiladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная