O‘zbekistonda ish haqi va pensiyalar oshiriladi
Iqtisodiyot vazirligi rahbari to‘lovlar inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan darajada indeksatsiya qilinishini ta’kidladi.

O‘zbekistonda pensiya va ish haqi, shuningdek, ijtimoiy to‘lovlar oshiriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.
Iqtisodiyot vazirligi rahbari Qonunchilik palatasi majlisida so‘zga chiqib, tegishli farmon prezident tomonidan imzolanganini aytdi. U yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
Farmonga ko‘ra, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda 10 foizga oshiriladi.
Avvalroq O‘zbekistonda pensiya tayinlashning yangi proaktiv tizimi tasdiqlangani haqida xabar berilgandi. Fuqarolar Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalariga borishlari shart bo‘lmaydi.
Izohlar