O‘zbekistonda davlat qarzi oshdi
Mamlakat eng ko‘p mablag‘ni Jahon bankidan jalb qilgan.

Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi 43,3 milliard dollarni tashkil etdi.
Jami davlat qarzining 36,4 mlrd dollari tashqi qarz bo‘lsa, 6,9 mlrd dollari ichki qarzdir. Davlat qarzi 2024-yilning shu davriga nisbatan 6 mlrd dollardan oshgan. Xalqaro moliya tashkilotlari orasida Jahon banki eng ko‘p qarz jalb qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 40,2 milliard dollarni tashkil etdi, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 35 foiziga teng. Shu bilan birga, ushbu mablag‘larning 33,7 milliardini davlat tashqi qarzi, 6,5 milliardini esa mamlakat ichki davlat qarzi tashkil etdi.
Mavzuga doir: 2025-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmi 130 mlrd dollardan oshishi mumkin — XVJ kutilmasi Davlat rahbari mamlakatda ilgari bunday o‘sish sur’atlari va yuksak xalqaro e’tirof bo‘lmaganini ta’kidladi.
Izohlar