O‘zbekistonda beshta davlat bankini xususiylashtirish rejalashtirilmoqda, deyiladi yangilangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasi loyihasida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujjat QHTBTda jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan. Davlatga to‘qqizta bank tegishli: MB, Agrobank, O‘zsanoatqurilishbank, Asakabank, Xalq banki, Biznesni rivojlantirish banki, Mikrokreditbank, Aloqabank va Turonbank.
2026-yilda davlat banklari soni sakkiztagacha qisqaradi, 2030-yilga kelib esa davlat faqat to‘rtta bankka egalik qiladi. Shunday qilib, har yili kamida bitta davlat bankini xususiylashtirish rejalashtirilgan.

















