O‘zbekistonda “2026-yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida”gi qonun qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi axborot xizmati.
Hujjat 2026-yil uchun mamlakatning konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish tartibini tartibga soladi. Qonunga ko‘ra, birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar respublika byudjetidan ajratiladigan mablag‘lardan faqat 2026 moliya yili davomida foydalanishi mumkin. Foydalanilmagan mablag‘larni keyingi yilga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonun bilan quyidagilar ham tasdiqlandi:
- mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari;
- tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari;
- xorijiy avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirishi va tranziti uchun yig‘imlar stavkalari.
2026-yil uchun konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi. Qonun 2026 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.




























